«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Chempionlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan «Lill»ga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
«O‘tgan haftaga qadar «Lill» Fransiya chempionatida 2-o‘rinni egallab turgan edi. Ularning tarkibida doimo iqtidorli futbolchilar ko‘p bo‘ladi. Klub o‘z akademiyasi bilan yaxshi tanilgan. Ular tezkor qarshi hujumlar uyushtirishadi va raqib maydonining yarmida agressiv pressing qo‘llashadi.
Bu mavsumda jamoa taktikasini biroz o‘zgartirishdi. Jamoa tarkibida xalqaro tajribaga ega bir nechta futbolchi bor. O‘z maydonlarida ular chiroyli o‘yin namoyish etishni xohlashadi. Kuchli pressing va tomoshabinlar uchun qiziqarli uchrashuv kutyapman», — dedi Kompani matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, «Lill» — «Bavariya» uchrashuvi 25-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.