Live
7
O'zbek

«Real» ketma-ket 30-bor YCHL pley-offiga chiqdi

Futbol
25 noyabr, 05:42
Madrid klubi 1997/98 yilgi mavsumdan buyon guruh yoki liga bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib kelmoqda.
«Real» ketma-ket 30-bor YCHL pley-offiga chiqdi
Foto: Real Madrid
24.11.2026 FT Chempionlar ligasi Real Madrid Real Madrid 5 : 1 PSV PSV

«Real» Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga yo‘llanmani birinchi bo‘lib qo‘lga kiritdi.

Joze Mourinio boshqaruvidagi jamoa 5-tur doirasida PSVni yirik 5:1 hisobida mag‘lub etdi va 15 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Football Meets Data nashri hisob-kitoblariga ko‘ra, Madrid klubi qolgan uchta uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan taqdirda ham turnir jadvalining 23-pog‘onasidan pastga tushmaydi.

Shu tariqa, «Real» 1997/98 yilgi mavsumdan buyon — ketma-ket 30-bor Chempionlar ligasining pley-off bosqichida muntazam ishtirok etib kelmoqda. 1996/97 yilgi mavsumda esa klub ushbu turnirda umuman qatnashmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • PSV PSV
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar