Olimpiya shaharchasi mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha «Saber Tashkent Grand Prix Cadets» musobaqasining birinchi kunida yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi bellashuvlar tashkil etildi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.
Unda O‘zbekiston jamoasi a’zolari 3 ta oltin, 1 ta kumush va 8 ta bronza — jami 12 ta medalga sazovor bo‘lishdi.
🥇Oltin medal:
-48 kg: Alina Kolyucheva
-50 kg: Safoxo‘ja Sayfulloyev
-60 kg: Ozodbek Olimov
🥈Kumush medal:
-50 kg: Shuhrat Muhammedxonov
🥉Bronza medal:
-40 kg: Farangiz Baxtiyorova
-44 kg: Iroda Sirojiddinova
-44 kg: Zuhra Jo‘rayeva
-48 kg: Mohinur Olloberganova
-52 kg: Charos Hikmatova
-50 kg: Sanjarbek Mirg‘iyosov
-55 kg: Shohjahon Usmonov
-55 kg: Azizbek Raupov
Dzyudo. O‘zbekiston yoshlar jamoasi Toshkent Gran-prisini 12 ta medal bilan boshladi
Boshqalar
25 noyabr, 05:00
Dastlabki kuni 3 ta oltin medal qo‘lga kiritildi.
Foto: Olympic uz