Live
7
O'zbek

Gvardiola birga ishlashni istagan futbolchi kim? Pep Romarioga javob berdi

Futbol
25 noyabr, 07:08
«Barsa» va «Siti» sobiq ustozi braziliyalik futbolchini tanladi.
Gvardiola birga ishlashni istagan futbolchi kim? Pep Romarioga javob berdi
Foto: Getty Images

«Barselona», «Bavariya» va «Manchester Siti» klublarining sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bir jamoada ishlashni istagan futbolchi nomini aytdi. Pep hozirgacha uning qo‘l ostida shug‘ullanmagan o‘yinchini tanladi.

«Bu — Neymar», — dedi Gvardiola Romario TV’ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Gvardiola 2012-yilda «Barselona»ni tark etgan, Neymar esa 2013-yilda kataloniyaliklar safiga qo‘shilgan.

Ayni paytda Xosep «Manchester Siti»dan ketganidan so‘ng ishsiz bo‘lib turibdi. Braziliyalik hujumchi esa «Santos» klubida to‘p tepmoqda.

Neymar va Gvardiola
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar