Ispaniyalik taniqli mutaxassis Xosep Gvardiola «Barselona»da argentinalik hujumchi Lionel Messini qanday boshqargani haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
«Hech qachon bunday futbolchini ko‘rmaganman. U bir necha kunda uchta gol urib, yana uchta golli uzatmani amalga oshirishga qodir edi. Bunday barqarorlikni namoyish eta oladigan futbolchilar kam. Ammo Messi buni ham mashg‘ulotlarda, ham o‘yinlarda ko‘rsatardi.
U bilan to‘rt yillik hamkorligim davomida Leo kichik maydondagi futbol o‘yinida biror marta mag‘lub bo‘lganini eslay olmayman. Messida doimo g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoq bor. Bu esa juda katta ahamiyatga ega edi», — deydi Gvardiola Romario TV'ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Xosep 2008-yildan 2012-yilgacha «Barselona» bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.
Avvalroq Pep Messi-Ronaldu raqobati haqida gapirgandi.
«Unda doim g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoq bor» — Gvardiola Messi haqida
Futbol
25 noyabr, 08:36
«Barselona»ning sobiq ustozi argentinalik hujumchi bilan ishlagan davrini esga oldi.
Foto: Getty Images