Live
1
O'zbek

Yamal golni nishonlash uslubi bilan Ferminni hayratda qoldirdi

Futbol
23 noyabr, 03:30
Lamin to‘pni libosi ostiga yashirib, o‘ziga xos tarzda golni nishonladi.
Yamal golni nishonlash uslubi bilan Ferminni hayratda qoldirdi
Foto: Getty Images
22.11.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 3 : 2 Villarreal Villarreal

«Barselona»ning 19 yoshli vingeri Lamin Yamal Ispaniya chempionati doirasidagi «Vilyarreal»ga qarshi kechgan uchrashuvdagi xatti-harakatlari bilan e’tibor markaziga tushdi.

The Touchline ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar tomonidan urilgan gollardan biridan so‘ng Yamal to‘pni libosi ostiga yashirib, o‘ziga xos tarzda golni nishonladi. Yosh futbolchining bu harakati uning jamoadoshi Fermin Lopesni ham hayratda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» o‘z maydonida «Vilyarreal»ga qarshi kechgan bahsda hisobda ortda borayotganiga qaramay, yakunda 3:2 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

Ushbu uchrashuvda Lamin Yamal penaltidan unumli foydalana olmadi. Ispaniyalik futbolchining 11 metrlik jarima zarbasidan yo‘llagan to‘pi darvoza ustuniga tegdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Hans-Diter Flik shogirdlari jamg‘argan ochkolari sonini 36 taga yetkazib, Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qolishdi. Kataloniyaliklar eng yaqin ta’qibchisi «Real»ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Villarreal Villarreal
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar