«Barselona» La Liganing 13-turida o‘z maydonida «Vilyarreal»ga qarshi o‘ynab, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Bahsdan keyin Kataloniya klubi himoyachisi Erik Garsiya o‘z fikrlarini bildirdi. Himoyachi himoyadagi muammolarga ham alohida to‘xtaldi.
«Agar biz aniq harakat qilmasak, raqiblar bizni qanday jazolashni yaxshi bilishadi. Muayyan hududlarda to‘pni yo‘qotsak, ular qarshi hujumda bizni jazolashi mumkin. Ammo bugun o‘tkazib yuborilgan ikkita golni hisobga olmaganda, Chempionlar ligasi ishtirokchisi bo‘lgan yuqori saviyali jamoaga qarshi o‘yinni yaxshi nazorat qildik, deb o‘ylayman», — deya Garsiyaning so‘zlarini The Touchline keltirmoqda.
Ma’lumot uchun, «Barselona» 36 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Real» esa 2-o‘rinda bormoqda.