«Aston Villa» yarimhimoyachisi Bubakar Kamara «Chelsi» skautlari e’tiborini tortdi. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, London klubi fransiyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun 80 million funt atrofida taklif berishga tayyor.
Shu bilan birga, Kamaraning qishki transfer oynasidayoq «Chelsi» safiga o‘tishi deyarli ehtimoldan yiroq ekani ta’kidlanmoqda. Ehtimol, muzokaralar va bo‘lishi mumkin bo‘lgan bitim 2027-yil yoziga qoldiriladi.
Bu mavsumda Bubakar birminghemliklar safida barcha turnirlar doirasida 14 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatma bilan jamoadoshlariga gol urishda yordam berdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan.