Live
8
O'zbek

Flik: «Penaltini kim tepishi masalasini muhokama qilib olishimiz zarur»

Futbol
22 noyabr, 12:31
Lamin «Vilyarreal»ga qarshi bahsda penaltini golga aylantira olmadi.
Flik: «Penaltini kim tepishi masalasini muhokama qilib olishimiz zarur»
Фото: Getty Images
22.11.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 3 : 2 Villarreal Villarreal

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ispaniya chempionatining 13-turida «Vilyarreal»ga (3:2) qarshi bahsda Lamin Yamal aniq amalga oshira olmagan penalti haqida fikr bildirdi.

«Yamal penaltini Rafinya o‘rniga tepdimi? Lamin avval ham penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Kim tepishi haqida futbolchilarning o‘zlari qaror qabul qilishadi. Ammo, ehtimol, bu tizimni o‘zgartirishim kerakdir. Ularning har ikkisi ham penaltidan gol ura oladi. Biroq bu masalani muhokama qilib olishimiz zarur», — dedi germaniyalik mutaxassis uchrashuvdan keyin.

Ma’lumot uchun, bu mavsumda Rafinya uchta penaltining barchasini aniq amalga oshirgan. Lamin esa uchta urinishidan faqat bittasida gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Villarreal Villarreal
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar