«Vilyarreal» yarimhimoyachisi Santi Komesanya Ispaniya chempionatining 13-turida «Barselona»ga (2:3) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«O‘yinni yaxshi boshladik. Qiyin uchrashuv kutayotganini bilardik. Birinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik. To‘p asosan raqibda bo‘lishi aniq edi.
2:0 hisobida oldinda borayotganimizda o‘tkazib yuborgan golimiz ruhiy jihatdan bizni sindirdi. Keyin ular hisobni tenglashtirishdi. Bunday kuchli jamoaga qarshi bundan keyin o‘ynash juda qiyin. Uchinchi goldan keyin esa ahvolimiz yanada og‘irlashdi. Ular darvozamizga bundan ham ko‘proq gol urishlari mumkin edi», — dedi Komesanya.
Eslatib o‘tamiz, «Vilyarreal» uchrashuvning dastlabki yetti daqiqasida ikkita gol urib, birinchi bo‘limni 2:0 hisobidagi ustunlik bilan yakunlagan edi. Biroq ikkinchi taymda «Barselona» hisobni tenglashtirib, yakunda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.