«Barselona» prezidenti Joan Laporta jamoaning ushbu mavsumdagi istiqbollariga optimistik ruhda qaramoqda. Uning fikricha, 2026/27-yilgi mavsum kataloniyaliklar uchun muvaffaqiyatli bo‘lishi kerak.
«Ushbu yil «Barselona» yili bo‘lishi kerak. Murabbiy, uning shtabi va tibbiy xodimlar buni yaxshi tushunib turibdi. Eng muhimi, jamoaning o‘zi, futbolchilar ham buni anglamoqda.
Tarkibimizni har yili kuchaytirib bormoqdamiz. Ushbu mavsumda jamoani yanada raqobatbardosh qilgan futbolchilar safimizga qo‘shildi. Bizda ikki-uch xil pozitsiyada o‘ynay oladigan futbolchilar bor, bu esa sog‘lom raqobatni yuzaga keltiradi.
Murabbiyning vazifasi — barchaga, jumladan, o‘ziga ham, yagona jamoa ekanimizni anglatish. Ushbu mavsum oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun bor e’tiborimizni jamlaganmiz», — deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» 22-noyabr, yakshanba kuni La Liga doirasida «Vilyarreal»ga qarshi maydonga tushadi.