«Fenerbahche», «Galatasaroy» va «Yuventus» «Inter» yarimhimoyachisi Hakan Chalxono'g'li bilan bog‘liq vaziyatni kuzatmoqda. Insayder Ekrem Konur X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, milanliklar turkiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish niyatida, biroq uning maoshini kamaytirishga umid qilmoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Inter» va Chalxono'g'li o‘rtasidagi muzokaralar yangi bitim shartlariga doir turlicha qarashlar sabab murakkablashgan. Futbolchi amaldagi shartnomasida kafolatlangan 6,5 million yevroga yaqin yillik maosh olishni istamoqda.
Chalxono'g'lining «Inter» bilan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi. FIFA qoidalariga ko‘ra, 32 yoshli yarimhimoyachi 2027-yilning yanvaridan boshlab yozda erkin agent sifatida boshqa klubga o‘tish bo‘yicha istalgan jamoa bilan muzokara olib borishi mumkin.