Live
1
O'zbek

«Yuventus», «Milan» va «Napoli» Krstovichga qiziqmoqda

Futbol
20 noyabr, 16:59
Futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.
«Yuventus», «Milan» va «Napoli» Krstovichga qiziqmoqda
Фото: Getty Images

«Atalanta» hujumchisi Nikola Krstovich faoliyatini Italiyaning boshqa jamoalaridan birida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, chernogoriyalik hujumchiga «Yuventus», «Milan» va «Napoli» qiziqish bildirmoqda. Ushbu klublarning skautlari futbolchining o‘yinlarini muntazam kuzatib borishmoqda.

Krstovich bu mavsumda Italiya chempionatida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hujumchining Bergamo klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
  • Yuventus Yuventus
  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar