Live
1
O'zbek

«Yuventus» Voltemadeni jamoada olib qolmoqchi

Futbol
20 noyabr, 16:51
Germaniyalik futbolchi hozirda Turin klubida ijara asosida o‘ynamoqda.
«Yuventus» Voltemadeni jamoada olib qolmoqchi
Фото: Getty Images

«Yuventus» klubi «Nyukasl»dan hujumchi Nik Voltemadeni to‘liq sotib olmoqchi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Turin klubi rahbariyati mavsum yakunida germaniyalik futbolchini to‘liq transfer asosida sotib olish rejasini ishlab chiqmoqda.

Voltemade transfer oynasining so‘nggi kunida «Yuventus»ga bir yillik ijara asosida o‘tgan edi. Ijara uchun turinliklar 3,6 million yevro to‘lagan. Biroq kelishuvda futbolchini sotib olish bandi ko‘zda tutilmagan.

Bu mavsumda Nik Italiya chempionati va Yevropa Ligasi doirasida 13 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Nyukasl» 2025 yilning yozida Voltemadeni «Shtutgart»dan 75 million yevro evaziga sotib olgan edi. Angliya klubi safida futbolchi 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar