Live
1
O'zbek

«Lion» Opendadan muddatidan oldin qutulishi mumkin

Futbol
18 noyabr, 03:20
Belgiyalik hujumchi Fransiya klubida o‘zini ko‘rsata olmadi va qishki transfer oynasida Turinda qaytishi mumkin.
«Lion» Opendadan muddatidan oldin qutulishi mumkin
Foto: Getty Images

Belgiyalik hujumchi Lui Openda «Lion»da uzoq vaqt qolmasligi mumkin. Gazzetta dello Sport jurnalistlarining xabar berishicha, futbolchi Fransiya klubiga moslasha olmagan.

«Lion» Opendani Turinning «Yuventus» klubidan ijara asosida olgandi. Biroq hozirda hujumchi murabbiylar shtabi rejalariga kirmayapti. Shu sababli belgiyalik futbolchi qishki transfer oynasida Turinga qaytishi mumkin. «Yuventus» esa Openda uchun yangi jamoa izlashga kirishadi.

Openda Fransiya chempionatining ushbu mavsumida beshta bahsda maydonga tushdi. U bitta gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali belgiyalik hujumchining bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda. Uning «Yuventus» bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lyon Lyon
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar