«Liverpul» sardori Virjil van Deyk kelajagi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Nima bo‘lishidan qat’i nazar, buni mavsum oxirida ko‘ramiz. Agar kimdir mening kelajagimni aniq bilaman desa, unga ishonmang. Chunki o‘zim ham nima bo‘lishini bilmayman.
Hozir men uchun eng muhimi — o‘zimni yaxshi his qilish, sog‘lig‘imga e’tibor berish va futbolda yana ko‘p yillar davomida o‘ynay olishim uchun o‘zimni asrash.
«Liverpul»da qariyb o‘n yillik ulkan yo‘lni bosib o‘tdim. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, klubga shu vaqt davomida men uchun qilgan barcha ishlari uchun doimo minnatdor bo‘laman.
Agar shartnomam uzaytirilsa, keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz. Agar bunday bo‘lmasa, yozda klub bilan xayrlashaman», — dedi niderlandiyalik futbolchi Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Virjil bu mavsumda «Liverpul» safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi.