Live
3
O'zbek

Torres faoliyatidagi eng yaxshi jamoadoshini aytdi

Futbol
20 noyabr, 00:21
    3
Sobiq hujumchi «Atletiko», «Liverpul» va «Chelsi» kabi klublarda to‘p tepgan.
Torres faoliyatidagi eng yaxshi jamoadoshini aytdi
Foto: Getty Images

«Liverpul»ning sobiq hujumchisi Fernando Torres o‘zi bilan bir jamoada o‘ynaganlar orasida eng yaxshi futbolchi sifatida Stiven Jerrardni e’tirof etdi.

«Benites talabchan, ammo ajoyib murabbiy edi. Jerrard mening ortimda harakat qilganida, hammasi juda oson bo‘lardi. Bo‘sh hududlarga ochilardim, u esa menga ideal pas uzatishini bilardim. Hatto bir-birimiz bilan gaplashishimizga ham hojat yo‘q edi. O‘zaro tushunish ilk kundanoq paydo bo‘lgan. U — faoliyatim davomida birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchi», — dedi Torres The Athletic nashriga bergan intervyusida.

Torres va Jerrard
Foto: Getty Images

Fernando 2007-yilning yozida Madridning «Atletiko» klubidan «Liverpul»ga o‘tgan. Ispaniyalik sobiq hujumchi 2011-yilning yanvarigacha mersisaydliklar safida to‘p tepgan. Shundan so‘ng u faoliyatini «Chelsi»da davom ettirgan.

Avvalroq Torres faoliyatidagi eng muhim sovrin haqida gapirgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar