«Liverpul» rahbariyati yarim himoyachi Aleksis Makallister bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshladi.
Jurnalist Sesар Luis Merloning xabar berishicha, «qizillar» argentinalik 27 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni uzaytirish niyatida.
Ma’lumot uchun, Aleksisning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Yaqin haftalarda muzokaralar qay darajada muvaffaqiyatli kechayotgani oydinlashadi.
Avvalroq argentinalik futbolchi klub rahbariyati shartnoma borasida muzokaralarni boshlashga shoshilmayotganidan xavotir bildirgan edi. Biroq yaqinda uning otasi yil oxiriga qadar vaziyat o‘zgarishi mumkinligini ma’lum qildi.
Bu mavsumda yarim himoyachi «Liverpul» safida barcha turnirlar doirasida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.