Turkiyaning «Beshiktosh» klubi «Manchester Yunayted» himoyachisi Matteys de Ligtni mavsum oxiriga qadar ijaraga olish imkoniyatini o‘rganmoqda. TeamTalk nashri xabar berishicha, Istanbul klubi bu transferni yanvar oyida amalga oshirish mumkin deb hisoblamoqda.
Niderlandiyalik futbolchi 2024-yil avgust oyida «Bavariya»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tgan edi. Himoyachi deyarli bir yil davomida safdan tashqarida qoldi va 2025/26-yilgi mavsumning katta qismini o‘tkazib yubordi.
Futbolchining o‘zi muntazam ravishda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istamoqda. Bu esa unga avvalgi yuqori saviyasiga qaytish va Niderlandiya milliy jamoasi tarkibidagi imkoniyatlarini yaxshilashga yordam berishi mumkin.
Shuningdek, futbolchining atrofidagi vaziyatni «Inter» klubi ham kuzatib bormoqda.