Live
11
O'zbek

«Malaga» Ramosni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbol
17 noyabr, 11:07
Ayni paytda jamoa 5 ochko bilan La Liga turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda.
«Malaga» Ramosni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Фото: Getty Images

«Real»ning sobiq himoyachisi Serxio Ramos faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «Malaga» jamoasi ispaniyalik 40 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ligada qolish uchun kurashayotgan jamoa Ramos orqali himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Bu transferni klub bosh murabbiyi Xuanfran Funes ham qo‘llab-quvvatlamoqda. Ayni paytda jamoa 5 ochko bilan La Liga turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda.

Ramos Meksikaning ”Monterrey” klubini tark etganidan buyon erkin agent hisoblanadi. Futbolchi faoliyatini yakunlash niyatida emas va yuqori saviyadagi futbolga qaytish maqsadida muntazam ravishda mashg‘ulot o‘tkazib kelmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Malaga Malaga
Bugungi yangiliklar