Bugun
27
O'zbek

Saudiya Arabistoni — O‘zbekiston: O‘yin qachon boshlanadi va qayerda namoyish etiladi?

Futbol
16 noyabr, 22:00
    12
Ikki jamoa o‘rtasidagi bellashuv Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tadi.
Saudiya Arabistoni — O‘zbekiston: O‘yin qachon boshlanadi va qayerda namoyish etiladi?
Foto: UFA
17.11.2026, 10:30 Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni - : - O‘zbekiston O‘zbekiston

Bugun, 17-noyabr kuni xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston milliy jamoalari o‘rtasida bahs bo‘lib o‘tadi.

Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tadigan bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanishi rejalashtirilgan. Ushbu bahsni O‘zbekistonda Futbol TV telekanali orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi ayni vaqtda FIFA reytingida 61-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, saudiyaliklar 54-pog‘onani band etib turibdi.

Avvalroq Roberto Martines Saudiya Arabistoni milliy jamoasini boshqarishi mumkinligi ma’lum qilingandi. Ispaniyalik mutaxassis aprel oyida tayinlangan Yorgos Donisning o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni
  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

12 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar