Bugun
27
O'zbek

Roberto Martinez Saudiya Arabistoni milliy jamoasini boshqarishi mumkin

Futbol
14 noyabr, 23:25
    6
Mutaxassis aprel oyida tayinlangan Yorgos Donisning o‘rnini egallashi mumkin.
Roberto Martinez Saudiya Arabistoni milliy jamoasini boshqarishi mumkin
Foto: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi Roberto Martinez faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi 53 yoshli ispaniyalik mutaxassisni milliy jamoa bosh murabbiyligiga nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda. U aprel oyida tayinlangan Yorgos Donisning o‘rnini egallashi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Martinez iyul oyida Portugaliya milliy jamoasini tark etgan edi. Bunga jamoaning 2026 yilgi jahon chempionatida Ispaniyaga mag‘lub bo‘lib, musobaqadan chiqib ketgani sabab bo‘lgan.

Ispaniyalik murabbiy Portugaliya milliy jamoasini 3,5 yil boshqardi. U bundan avval Belgiya milliy jamoasida 6,5 yil ishlagan. Hozircha Martinezning yangi ish joyi bo‘yicha rasmiy qaror e’lon qilinmagan. U faqat nomzod sifatida qayd etilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar