Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning onasi bildirgan fikrlarga munosabat bildirdi.
Dolores Aveiru shunday degan edi: «Milliy jamoada o‘g‘limni hurmat qilishmadi, hatto jamoadoshlari ham. Krishtianuning sharafiga o‘tkaziladigan tadbir uning ishtirokida bo‘lishi kerak edi. Bu marosimni «Sporting»da o‘tkazamiz, u yerda uni qadrlashadi».
Jorje Jezush RTP telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi: «Endi Ronalduning onasi aytgan gaplarga ham javob berishim kerakmi?
Quloq soling, Krishtianuning onasi — men juda hurmat qiladigan ayol. U yana nima ham deyishi mumkin? Ona ona-da. Bu borada hech narsa qilib bo‘lmaydi, uning gaplarini tushunaman».
Shuningdek, u SportTV efirida qo‘shimcha qildi: «Ona har doim farzandlarini, hatto o‘z hayoti evaziga bo‘lsa ham, himoya qiladi. U farzandlarini voyaga yetkazish uchun ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirgan ajoyib ona».
Jezush: «Endi Ronalduning onasi aytgan gaplarga javob berishim kerakmi?»
Futbol
16 noyabr, 15:10
Portugaliya ustozi jamoadagi faoliyatini yakunlagan hujumchining onasi aytgan gaplarga munosabat bildirdi.
Foto: Getty Images