Bugun
27
O'zbek

Pochettino «MYU»da transfer va boshqa masalalarda keng vakolatlarga ega bo‘ladi

Futbol
16 noyabr, 14:45
Argentinalik mutaxassis eski maktab uslubidagi to‘liq vakolatli menejer vazifasini bajarishi mumkin.
Pochettino «MYU»da transfer va boshqa masalalarda keng vakolatlarga ega bo‘ladi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino klubda kengaytirilgan vakolatlarga ega bo‘lishi mumkin.

Argentinalik mutaxassis 18 noyabr kuni mankunianliklar bilan ish boshlaydi.

The Athletic nashri ma’lumotiga ko‘ra, klubdagi ayrim shaxslar Pochettino rasmiy bosh murabbiylik lavozimi nazarda tutganidan ancha keng vakolatlarga ega bo‘lishini kutmoqda. Amalda u eski maktab uslubidagi to‘liq vakolatli menejer vazifasini ham bajarishi mumkin.

Pochettino hamkorlik qilish oson va qulay bo‘lgan inson sifatida e’tirof etiladi. Buning tasdig‘i sifatida uning London klubida besh yil davomida birga ishlagan «Tottenhem»ning sobiq raisi Deniel Levi bilan munosabatlarini keltirish mumkin.

Bundan tashqari, Maurisioni yaxshi taniydigan ayrim shaxslarning fikricha, u futbolchilarni tanlash va transfer masalalarida ham muhim rol o‘ynashni talab qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar