Live
15
O'zbek

Shirer APLning bu mavsumdagi eng yaxshi futbolchisini aytdi

Futbol
13 noyabr, 15:05
Alan «Arsenal» futbolchisining o‘yinlarini yuqori baholadi.
Shirer APLning bu mavsumdagi eng yaxshi futbolchisini aytdi
Фото: Getty Images

«Nyukasl» klubining sobiq hujumchisi Alan Shirer «Arsenal» himoyachisi Ezri Konsani yuqori baholadi.

«Menimcha, ayni paytda APLning bu mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi — Ezri Konsa. «Arsenal»ning himoyadagi o‘yiniga, xususan, Konsaning harakatlariga nazar tashlasak, Vilyam Salibani tilga olishimizga ham hojat qolmaydi. Salibani faqat so‘nggi vaqtlarda, uning jarohatdan keyin qachon maydonga qaytishi haqida gap ketganda esladik», — deya Shirerning so‘zlarini keltirmoqda Metro.

Ma’lumot uchun, Konsa bu mavsumda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol muallifi bo‘ldi. Transfermarkt futbolchining ayni vaqtdagi bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar