«Aston Villa» yarimhimoyachi Boubacar Kamarani «Chelsi», «Inter» va «Al-Hilol» klublarining qiziqishiga qaramay, jamoadan qo‘yib yubormoqchi emas. Bu haqda Football365 nashri xabar berdi.
«Kamara hanuz jamoa uchun juda muhim futbolchi hisoblanadi. Unai Emeri uni qadrlaydi va o‘z rejalarida unga alohida o‘rin ajratgan. Shu bois klub uni sotish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi, deb o‘ylamayman.
«Aston Villa»ning yarimhimoya chizig‘ida tanlov imkoniyatlari unchalik ko‘p emas. Amadu Onana esa jiddiy jarohati tufayli uzoq muddatga safdan chiqdi. Jamoada tarkib chuqurligi yetishmayapti. Shuning uchun klub Kamarani ham yo‘qotishni aslo istamaydi», — deyiladi xabarda.
Kamara bu mavsumda «Aston Villa» safida APL doirasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi.