«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele jamoa bilan shartnomasini uzaytirishga tayyor. Bu haqda jurnalist Jamel xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar yangi shartnoma shartlari bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Klub ham, futbolchining o‘zi ham hamkorlikni davom ettirish istagida bo‘lgan. Shu sababli muzokaralarning ijobiy yakunlanishi kutilmagan holat bo‘lmadi. Biroq shartnoma uzaytirilgani qachon rasman e’lon qilinishi hozircha noma’lum.
Ma’lumot uchun, Dembele 2023-yil avgust oyida «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tgandi. Bu vaqt davomida 29 yoshli futbolchi parijliklar safida jami 145 ta uchrashuvda maydonga tushib, 65 ta gol va 48 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirgan. Hujumchining amaldagi shartnomasi 2028-yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.