«Aston Villa» darvozaboni Zion Suzuki bir qator Yevropa grandlari e’tiboriga tushdi. Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko‘ra, yaponiyalik posbonni «Arsenal», «Manchester Siti», «Liverpul», «Real» va «PSJ» o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
24 yoshli darvozabon o‘tgan yozda «Parma»dan «Aston Villa»ga ko‘chib o‘tgan. U Angliya klubida uzoq muddatli shartnoma imzolagan bo‘lib, kelishuv 2031 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi.
Ma’lumot uchun, Suzukining transfer qiymati taxminan 30 million yevroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yaponiyalik darvozabon ushbu mavsum Angliya Premyer-ligasida sakkizta bahsda maydonga tushib, to‘qqizta gol o‘tkazib yuborgan.