Live
14
O'zbek

«Atletiko» va «Barselona»ning o‘zaro so‘nggi 5 ta o'yindagi natijalari

Futbol
8 noyabr, 07:00
    15
Jamoalar bugun La Liganing 12-turida yana bir bor to‘qnash keladi.
«Atletiko» va «Barselona»ning o‘zaro so‘nggi 5 ta o'yindagi natijalari
Foto: Getty Images
08.11.2026, 15:00 Ispaniya La Ligasi Atletico Madrid Atletico Madrid - : - Barselona Barselona

Bugun, 8 noyabr kuni Ispaniya La Ligasining 12-turi doirasida «Atletiko» Madrid o‘z maydonida «Barselona»ni qabul qiladi. Madrid shahridagi «Sivitas Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tadigan bahs Toshkent vaqti bilan 9 noyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi. Bellashuv bosh hakami Xavyer Alberola Roxas bo‘ladi.

«Chempionat» nashri mazkur jamoalarning o‘zaro so‘nggi beshta rasmiy bahsida qayd etilgan natijalarni taqdim etdi.

«Atletiko» va «Barselona» o‘rtasidagi so‘nggi besh bahs:

  • 14 aprel 2026 yil. YCHL, chorakfinal, javob bahsi: «Atletiko» — «Barselona» 1:2;
  • 8 aprel 2026 yil. YCHL, chorakfinal, dastlabki bahs: «Barselona» — «Atletiko» 0:2;
  • 4 aprel 2026 yil. La Liga, 30-tur: «Atletiko» — «Barselona» 1:2;
  • 3 mart 2026 yil. Ispaniya kubogi, yarimfinal, javob bahsi: «Barselona» — «Atletiko» 3:0;
  • 12 fevral 2026 yil. Ispaniya kubogi, yarimfinal, dastlabki bahs: «Atletiko» — «Barselona» 4:0.

Ma’lumot uchun, jamoalar so‘nggi beshta o‘zaro bahsning uchtasida «Barselona», ikkitasida esa «Atletiko» g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, bugungi bellashuv La Liga turnir jadvalida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab turgan jamoalar o‘rtasida kechadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15 izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar