Live
14
O'zbek

Enrike: «PSJ»ning birorta futbolchisi uchun xavotirlanishga hojat yo‘q»

Futbol
8 noyabr, 08:00
Parijliklar bosh murabbiyi Ferran Torresning natijadorligi borasidagi tanqidlarga javob qaytardi.
Enrike: «PSJ»ning birorta futbolchisi uchun xavotirlanishga hojat yo‘q»
Foto: Getty Images
07.11.2026 FT Liga 1 Fransiya Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain 1 : 0 Troyes Troyes

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike «Trua» ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng hujumchi Ferran Torresning o‘yiniga bildirilayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi. Mutaxassis ispaniyalik futbolchini himoya qilib, jamoasidagi hech bir futbolchi uchun xavotirlanishga asos yo‘qligini ta’kidladi.

«Ferran Torresmi? «PSJ»ning birorta futbolchisi uchun mutlaqo xavotirlanishga hojat yo‘q! Men uchun eng muhimi va asosiy talab — hujumchilarimiz xavfli vaziyatlar yaratishda davom etishidir. Bugun raqib darvozaboni ham, butun jamoasi ham juda yuqori saviyada o‘ynadi.

Bu so‘nggi uch yil davomida kuzatilayotgan holat: shunday turdagi bahslarni o‘tkazganimizda, doimo qiyinchiliklarga duch kelamiz. «Trua» ayniqsa yaxshi himoyalandi va bahs yakunida darvozamizga hujum qilish uchun imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Ammo yakunda yirikroq hisobda g‘alaba qozonishimiz uchun yetarlicha vaziyatlar yaratdik», — deya Enrikening so‘zlarini klub matbuot xizmati keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, «PSJ» — «Trua» bahsi Fransiya chempionatining 10-turi doirasida 7 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdagi yagona golni 39-daqiqada himoyachi Ilya Zabarni kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, parijliklar ushbu g‘alaba orqali barcha turnirlardagi ketma-ket g‘alabalari sonini 11 taga yetkazdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Troyes Troyes
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar