Italiya chempionatining 11-turida «Napoli» o‘z maydonida «Latsio» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 28-daqiqada Davide Frattezi mehmonlarni oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘lim boshlanganidan uch daqiqa o‘tib, 48-daqiqada Alfonso Pedraza avtogol muallifiga aylandi va «Napoli»ga hisobni tenglashtirishga yordam berdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa, «Latsio»ning ketma-ket oltita g‘alabadan iborat seriyasi yakunlandi, biroq jamoa turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi. «Napoli» esa ketma-ket ikki mag‘lubiyatdan keyin ochko jamg‘ardi.
A Seriya. 11-tur
Napoli — Latsio 1:1
Gollar: Pedraza 48 (avtogol) — Frattezi 28.
Ogohlantirishlar: Lang 44, Gilmor 65, Vergara 66, 74, De Bryuyne 83, Shutalo 33, Tavaresh 46, Floriani 61, Frattezi 78.
Napoli: Milinkovich-Savich, Rrahmani, Marin, Byokema, Maktominey, Olivera, Gilmor (Angissa, 69), Vergara (Lukka, 74), De Bryuyne (Jovane, 83), Lang, Hoylund (Politano, 74).
Latsio: Mandas, Shutalo (Leyte, 33), Floriani (Latsari, 61), Tavaresh (Pedraza, 46), Provstgard, Belaxyane, Teylor, Frattezi (Kanchyelleri, 78), Isaksen, Noslin, Pinamonti (Dele-Bashiru, 61).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi