«Bavariya» faxriy prezidenti Uli Hyones jamoa yarimhimoyachisi Jamol Musialaning sog‘lig‘i bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi. Uning fikricha, 23 yoshli futbolchi avvalgi o‘yin saviyasiga qayta olishi hozircha noma’lum.
«U bilan bog‘liq vaziyat biz uchun oson emas. Unda shunchaki davolab yuborish mumkin bo‘lmagan kasallik bor, ammo dori vositalari yordamida uni ma’lum darajada nazorat qilish mumkin. Biroq u avval namoyish etgan o‘yin saviyasiga yana qayta oladimi yoki yo‘qmi, buni hech kim bilmaydi», — dedi Hyones BR telekanali efirida.
Shuningdek, «Bavariya» faxriy prezidenti futbolchining shartnomasi va maoshi masalasiga ham to‘xtaldi.
«Shunga qaramay, u maosh olishda davom etmoqda. Tasavvur qiling, agar «Bavariya» hozir uning shartnomasini shubha ostiga olib, bugungi imkoniyatlari kelishuv shartlariga mos kelmayotganini bildirsa, qanday vaziyat yuzaga kelardi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Ma’lumot uchun, Jamol Musiala 2025 yilda «Bavariya» bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirgan. BILD ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining yillik maoshi taxminan 25 million yevroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, Musiala hozirda jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytgan va milliy jamoalar o‘yinlari uchun tanaffusdan keyin maydonga tushishni rejalashtirmoqda.