Shveytsariya chempionatining 13-turiga kelib, peshqadam «Lugano» mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
11-daqiqadayoq kamchilikda qolgan jamoa safarda «Sankt-Gallen»ga yirik hisobda yutqazib qo‘ydi.
«Lugano» safida O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Behruz Karimov 65-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi va
«Lugano» 32 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi va eng yaqin ta’qibchisi «Yang Boyz»ni 6 ochkoga ortda qoldirmoqda. «Sankt-Gallen» esa ochkolarini 22 taga yetkazib, 4-pog‘onaga ko‘tarildi.
Shveytsariya chempionati. 13-tur
Sankt-Gallen — Lugano 5:0
8 noyabr, «Kibun-Park»
Gollar: Okoroji (33), Gunciker (35, 66), Gal (45+2), Frokay (84).
Lugano — fon Ballmos (Gebhardt, 26), Papadopulos, May, Bichsel, Zanotti (KARIMOV, 65), Chiminiani, Grgich, Bislimi (Steffen, 80), Markes (Alioski, 65), dos Santos (Berens, 46), Ayeti.
Chetlatish: Ayeti (11).
Shveytsariya chempionati. «Lugano» ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi
Futbol
8 noyabr, 09:56
8
Behruz Karimov zaxiradan maydonga tushgan bahsda peshqadam 5 bor to‘p o‘tkazib yubordi.
Foto: Sankt-Gallen
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi