Live
18
O'zbek

La Liga. «Betis» safarda «Elche»ni mag‘lub etdi

Futbol
8 noyabr, 10:44
Sevilyaliklar ikki golni ham bellashuvning so‘nggi 10 daqiqasida urdi.
La Liga. «Betis» safarda «Elche»ni mag‘lub etdi
Foto: Getty Images

Ispaniya chempionatining 12-turida «Betis» safarda «Elche» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mehmonlar uzoq vaqt davomida raqib himoyasini yorib o‘ta olmadi, biroq ikkinchi bo‘lim yakunida sakkiz daqiqa ichida ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

81-daqiqada Rodrigo Rikelme hisobni ochdi. 89-daqiqada esa Mark Bartra «Betis»ning ustunligini mustahkamlab, yakuniy natijani o‘rnatdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Betis» 26 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinni saqlab qoldi. Jamoa 12 ta bahsda sakkizinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. «Elche» esa 10 ochko bilan 18-pog‘onada bormoqda.

La Liga. 12-tur
Elche — Betis 0:2
Gollar:
Rikelme 81, Bartra 89.

Elche: Dituro, R.Sanches, Revivo (Bigas, 77), Redondo (59), Chust, Morsilyo (84), Xuari (Diangana, 46), Neto (82), Nino (Osorio, 69), Valera (Morente, 69), Sepeda (Buonanotte, 70).
Betis: Valles, Bellerin, Bartra, Natan, F.Garsiya, Fornals (Ruibal, 69), Antoni (Sebalyos, 69), Isko (Deossa, 83), Roka, Abde (Morante, 78), Perrott (Rikelme, 78).

Bugungi yangiliklar