Live
14
O'zbek

Nurbek Sarsenbayev Superliganing eng yosh gol muallifiga aylandi

Futbol
8 noyabr, 10:22
«Neftchi» hujumchisi OKMK darvozasiga gol urib, jamoasiga muhim uch ochko taqdim etdi.
Nurbek Sarsenbayev Superliganing eng yosh gol muallifiga aylandi
Foto: Neftchi FK

Joriy mavsum kashfiyotlaridan biriga aylangan Nurbek Sarsenbayev Superligada gol urgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. Uning OKMK darvozasiga kiritgan to‘pi «Neftchi»ga muhim g‘alabani taqdim etdi.

Yosh hujumchi U21 chempionatida ham sermahsul o‘yin namoyish etmoqda. Uning ushbu musobaqadagi gollari soni maydonga tushgan o‘yinlari sonidan ko‘p. Xususan, Sarsenbayev kecha OKMK yoshlariga qarshi bahsda ham o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Sarsenbayev bir vaqtning o‘zida «Neftchi»ning asosiy va yoshlar jamoasi safida samarali harakat qilmoqda.

Foto: PFL

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • ОКМК ОКМК
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar