«Neftchi» bosh murabbiyi Islom Ismoilov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida jamoada qolishga qaror qilgani haqida post qoldirdi.
«Futbol faqat hisob va natija emas. Futbol — bu hurmat, intizom va bir-biriga bo‘lgan ishonch. Bu qadriyatlarni himoya qilish ba’zan og‘ir kechadi, lekin jamoani haqiqiy jamoaga aylantiradigan kuch aynan shunda.
Sizning ishonchingizni, shu shahar va shu klub oldidagi burchimni chuqur his qilaman. Bunga javobni faqat chempionlik bilan beramiz. Biz birgalikda kuchmiz. Barchangizga rahmat», — deb yozdi Ismoilov.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi