Live
4
O'zbek

«Buxoro» Xomyakov va Salomov bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
4 noyabr, 10:29
    4
Jamoa kelasi mavsumda ham amaldagi bosh murabbiy va direktor bilan hozirlik ko‘radi.
«Buxoro» Xomyakov va Salomov bilan shartnomani uzaytirdi
Foto: PFC Buxoro

«Buxoro» futbol klubi direktori Shavkat Salomov hamda jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov bilan tuzilgan shartnoma 2027-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

«Viloyat rahbariyati va mutasaddilar klub rahbariyati hamda murabbiylar shtabiga to‘liq ishonch bildiradi. Shavkat Salomovning oqilona rahbarligi, Aleksandr Xomyakovning boy tajribasi va professional yondashuvi jamoaning kelgusi taraqqiyoti, barqaror natijalari hamda yangi marralarni zabt etishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamoaning maydonda namoyish etayotgan o‘yini va qayd etayotgan natijalari tanlangan yo‘lning samaradorligini ko‘rsatmoqda. Hamkorlikning uzaytirilishi esa «Buxoro»ning uzoq muddatli maqsadlari sari izchil harakat qilishiga xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, viloyat hokimi, Buxoro viloyati futbol assotsiatsiyasi prezidenti Botir Komilovich Zaripovga futbolimiz rivoji va «Buxoro» jamoasini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz!»
— deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, «Buxoro» bu mavsumda Superligada 26-turdan so‘ng 42 ochko to‘plab, 6-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Buxoro Buxoro
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar