Live
5
O'zbek

Ulug‘bek Baqoyev: «Zamonaviy futbolda yosh yoki yoshi katta futbolchi degan tushunchaga urg‘u bermaslik kerak»

Eksklyuziv
30 oktabr, 13:30
«So‘g‘diyona» bosh murabbiyi «Buxoro»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi.
Ulug‘bek Baqoyev: «Zamonaviy futbolda yosh yoki yoshi katta futbolchi degan tushunchaga urg‘u bermaslik kerak»
Foto: PFC Sogdiana
30.10.2026 FT O‘zbekiston Superligasi So'g'diyona So'g'diyona 1 : 1 Buxoro Buxoro

Zominda bo‘lib o‘tgan «So‘g‘diyona» hamda «Buxoro» (1:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng tashkil qilingan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Birinchi bo‘lim, aytish mumkinki, biroz zerikarli o‘tdi. O‘yinda keskinlik bor edi, ammo golli vaziyatlar ko‘p bo‘lmadi. Ikkita vaziyatni eslash mumkin. Birinchisida aniq imkoniyat yuzaga keldi, ikkinchi holatda esa to‘p raqib futbolchisiga tegib, rikoshetdan so‘ng darvozaga kirmadi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yin o‘zgardi. «Buxoro» gol urgandan keyin biz hisobni tenglashtirish uchun oldinga tashlandik. Biz ham bir qator almashtirishlarni amalga oshirdik. O‘ylaymanki, bugungi almashtirishlarimiz durang natijaga erishishimizda yordam berdi.

Bugungi kunda bir ochko qo‘lga kiritishimiz, ochig‘i, biz uchun muvaffaqiyatli natija hisoblanadi.

- Yosh futbolchilar Sardor Jamolov va Shohruz Kamolov haqida nima deya olasiz? Oldingi ikkita o‘yinda Jamolov gol urgandi, bugun esa Kamolov to‘p kiritdi.

- Hozirgi zamonaviy futbolda yosh yoki katta yoshli futbolchi degan tushunchaga ortiqcha urg‘u berish kerak emas. Futbolchining yoshi muhim emas, agar u liga saviyasiga mos bo‘lsa, zaxiradan maydonga tushib, jamoaga foyda keltira olsa, demak, unga ishonish mumkin.

Zamonaviy futbolda futbolchi o‘z o‘yini, xohishi va harakati bilan jamoaga yordam bera olsa, unga barcha eshiklar ochiq. Shu bois bugun maydonga tushib, gol urgan yosh futbolchilarimizdan xursandman. Bu uning ilk goli bo‘ldi. Uni ham, butun jamoamizni ham oxirigacha kurashgani va bor kuchini ishga solgani uchun tabriklayman», - deya Baqoyevning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • So'g'diyona So'g'diyona
  • Buxoro Buxoro
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar