Live
3
O'zbek

Andrey Shipilov: «G‘alabamizni tortib olishdi, ularda vijdon yo‘q»

Eksklyuziv
30 oktabr, 14:05
    3
«Qo‘qon-1912» bosh murabbiyi «Qizilqum»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida keskin fikrlar bildirdi.
Andrey Shipilov: «G‘alabamizni tortib olishdi, ularda vijdon yo‘q»
Foto: FC Kokand 1912
30.10.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Qo'qon-1912 Qo'qon-1912 0 : 0 Qizilqum Qizilqum

Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan «Qo‘qon-1912» va «Qizilqum» o‘rtasidagi o‘yinda hisob ochilmadi.

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida esa mezbonlar ustozi Andrey Shipilov ancha keskin gapirdi.

— Yigitlarimga «Qizilqum» dastlabki 20–25 daqiqada tashabbus qilishi haqida tushuntirgandim. Shundan keyin hammasi yaxshi bo‘ladi», degandim. Aynan shunday bo‘ldi. Biz o‘z tomonimizdan hamma narsani to‘g‘ri va puxta bajardik. Tashqaridan qaraganda, go‘yoki passiv, sust harakat qilayotgandek ko‘ringan bo‘lishimiz mumkin. Aslida esa hammasi joyida edi, yigitlar o‘z vazifalarini bajarishdi, harakat qilishdi. 20-daqiqadan keyin esa bor kuchimiz bilan o‘yinga kirishdik. Hammasini ishga soldik!

Birinchi bo‘limda bizni shafqatsiz tarzda urishdi. Haqiqatan ham, shafqatsiz munosabat bo‘ldi. Bu yerda faqat bitta qizil kartochka bilan cheklanib qolmaslik, ikkinchi qizil kartochkani ham ko‘rsatish mumkin edi. Lekin tushunaman, har bir jamoaning o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari bor. Har kim natijaga o‘z imkoniyatidan kelib chiqib erishishga harakat qiladi.

Ikkinchi bo‘limda esa hammasini o‘zingiz ko‘rdingiz. Maydonda ikki jamoa emas, qo‘lida hushtagi bor bir kishi bor edi, xolos. U nimani qanday talqin qilganini bilmayman. Meni to‘g‘ri tushunishlaringizni istayman: aslo, Xudo saqlasin, kimnidir haqorat qilish yoki yomon gap aytish niyatim yo‘q. Faqat voqealarni boricha aytyapman. U nimani ko‘rdi? Biz juda yaxshi, mashaqqatli mehnat evaziga gol urdik. Xo‘p, mayli.

Keyin esa 15 daqiqa davomida o‘yin tasvirlarini ko‘rib o‘tirdik, ammo qo‘shimcha vaqt sifatida besh daqiqa berildi. Hakam esa: «Sizlarga sakkiz daqiqa qo‘shib berdim», dedi. Bizga sakkiz daqiqa qo‘shib berishingiz shart emas. Qancha vaqt qo‘shilishi kerak bo‘lsa, shuncha vaqt bering. O‘zingiz ham ko‘rib turibsiz: o‘yinda almashtirishlar bo‘lyapti, raqib darvozasiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Ikkinchi bo‘limda maydonda bitta odam bor edi, xolos. Men bu ikki xil yondashuvni tushuna olmayapman. Nima uchun bunday bo‘layotganini bilmayman.

Butun faoliyatim davomida, birinchi turdan boshlab, hech qachon biror marta shikoyat qilmaganman, bir og‘iz ham gapirmaganman. Ammo biz doim qandaydir imtihondan o‘tayotgandekmiz. Har safar yangi sinovlar paydo bo‘ladi. Yangiliklar ham aynan bizning jamoamizda sinab ko‘rilmoqda. Gohida kiyinish xonasida 30 daqiqa kutib o‘tiramiz, gohida safarda nimadir ishlamaydi, yana ba’zan: «Kutinglar, o‘yin keyinroq boshlanadi», deyishadi. Maydonimiz yaxshi bo‘lsa ham, bizni jarimaga tortishadi, «maydon yomon» deyishadi. Men buni tushuna olmayapman.

Yana bir gap bor, bizda «bu yerda balet o‘ynayapsizlarmi?» degan gapni aytishadi. Qanday balet?! O‘sha «balet»dan keyin jamoamizning uch nafar futbolchisi... Biri operatsiya stolida, ikkinchisining qovurg‘alari singan, yana bir futbolchimiz o‘mrov suyagidan jarohat olgan. Qanday balet haqida gap ketyapti?! Men buni tushuna olmayapman.

Futbol erkaklar o‘yini ekanini yaxshi bilaman. Unda aytgan so‘zlaringiz uchun javob bering! «Balet» deysizmi? Qanday balet?! Biz oddiy, haqiqiy futbol o‘ynayapmiz. Hech kimni o‘ldirib qo‘yayotganimiz yo‘q, har bir o‘yinda gol urishga harakat qilyapmiz.

Bugun esa bizdan g‘alabani shunchaki tortib olishdi. Kimlargadir bu gaplarim yoqadi, kimlargadir yoqmaydi. Men hech qanday chegaradan o‘tmayapman, o‘zimni bosib turibman. Haqiqatan ham, o‘zimni tiyayapman. Bugun bizning g‘alabamizni tortib olishdi. Bu ish ularning vijdoniga havola. Ammo ularda vijdon yo‘q. Ilgari ham bo‘lmagan, bundan keyin ham bo‘lmaydi!», - deya Andrey Sergeyevichning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Qo'qon-1912 Qo'qon-1912
  • Qizilqum Qizilqum
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar