Live
3
O'zbek

Porro: «Valverde — haqiqiy yirtqich»

Futbol
30 oktabr, 11:42
«Tottenhem» himoyachisi «Real»ning urugvaylik yarimhimoyachisi haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Porro: «Valverde — haqiqiy yirtqich»
Foto: Gettyimages

«Tottenhem» himoyachisi Pedro Porro «Real» jamoasining urugvaylik yarimhimoyachisi Federiko Valverde haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Fede Valverde istalgan pozitsiyada o‘ynashi mumkin. Bu haqiqiy yirtqich, shunchaki mashina. Ammo o‘z pozitsiyasida u ko‘proq narsani ko‘rsatishi mumkin. Hozir bunday yarimhimoyachilar juda kam. U ham jismonan, ham texnik tomondan kuchli, hujumlarga faol tarzda qo‘shila oladi va o‘zi ham gol ura oladi», — deya Porroning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Madrid Zone.

Yangi mavsumda 28 yoshli Valverde barcha musobaqalarni hisobga olganda 13 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirib berdi.

Ma’lumot uchun, 1-noyabr-kuni «Real» safarda «Rasing» klubiga qarshi maydonga tushadi. Ispaniya La Ligasining 11-tur uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi.

Bugungi yangiliklar