Live
7
O'zbek

Bastoni bitta shart bilan «Barselona»ga o‘tishga rozi bo‘ladi

Futbol
30 oktabr, 10:33
    1
«Inter» markaziy himoyachisi hali ham kataloniyaliklar transferlar ro‘yxatida bo‘lib turibdi.
Bastoni bitta shart bilan «Barselona»ga o‘tishga rozi bo‘ladi
Foto: Gettyimages

Italiyaning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni «Barselona» e’tiborida bo‘lishda davom etmoqda . Bu haqda Ispaniyaning Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «Barselona» yozda ham Bastonini sotib olmoqchi bo‘lgan. Futbolchining o‘zi Kataloniyaga ko‘chib o‘tishga tayyor edi, biroq «ko‘k-anorranglilar ustozi Hans-Diter Flik ushbu transferni ma’qullamagan. Natijada kelishuv barbod bo‘ladi. O‘z navbatida bu holat himoyachini juda xafa qilgani ta’kidlangan.

Endi «Barselona» muzokaralarga qaytishga tayyor, ammo Bastoni Flik bilan shaxsan gaplashmoqchi, murabbiy unga qiziqish bildirayotganini Alessandro shaxsan o‘zi bilishni xohlayapti.

Ushbu mavsumda Bastoni barcha musobaqalarni inobatga olganda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, birorta ham gol ura olmadi.

Transfermarkt portali 27 yoshli himoyachining aktual transfer narxini 65 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Inter Inter
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar