«Milan» va «Inter»ning yangi stadioni nomi ma’lum bo‘ldi.
2031/32-yilgi mavsumga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan stadionga nom berish huquqini Yevropaning eng yirik sug‘urta kompaniyalaridan biri — Assicurazioni Generali qo‘lga kiritdi. Yangi arena «Generali Stadium» deb nomlanadi.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, 20 yillik uzoq muddatli kelishuv «Inter» va «Milan» klublariga jami 650 million yevro daromad keltiradi. Klublar ushbu shartnomani jahon miqyosidagi eng muhim kelishuvlardan biri sifatida baholamoqda.
Shu bilan birga, xalqaro uchrashuvlar vaqtida sug‘urta kompaniyasi stadion nomidan olib tashlanadi.
«Milan» va «Inter»ning yangi stadioni nomi e’lon qilindi
Futbol
29 oktabr, 22:30
10
Klublar nom berish huquqidan 20 yilda 650 million yevro daromad olishadi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi