«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti jamoaning muvaffaqiyatsiz natijalari sababli lavozimini tark etishi mumkin. Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, mutaxassisning kelajagi so‘roq ostida, biroq klub rahbariyati hozircha uni iste’foga chiqarishni rejalashtirmayapti.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, xalqaro tanaffusgacha «Napoli», AZ va «Fiorentina»ga qarshi o‘tkaziladigan uchta bahs Spalletti uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Ushbu o‘yinlardagi natijalar murabbiyning kelajagiga ta’sir qilishi mumkin.
«Yuventus» A Seriyaning so‘nggi turida safarda «Jenoa»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu natija jamoaning turnir jadvalidagi holatiga ham ta’sir ko‘rsatdi.
Ma’lumot uchun, Spalletti shogirdlari Italiya chempionatining to‘qqiz turidan keyin 14 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi