Live
1
O'zbek

«Barcha davrlarning «Oltin to‘pi» sizlarga ham tegishli» — Ronaldu

Futbol
29 oktabr, 10:07
    26
Portugaliyalik hujumchining 2008-yilgi sovrini muxlislar o‘rtasidagi onlayn ovoz berishda g‘olib bo‘ldi.
«Barcha davrlarning «Oltin to‘pi» sizlarga ham tegishli» — Ronaldu
Foto: Getty Images

«An Nasr» klubi hujumchisi va Portugaliya milliy jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu «Barcha davrlarning «Oltin to‘pi» nominatsiyasida g‘olib bo‘lganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda murojaat e’lon qildi.

«Futbol muxlislarga tegishli o'yin! Butun dunyodagi barcha muxlislarga rahmat. «Barcha davrlarning «Oltin to‘pi» sizlarga ham tegishli», — deb yozdi portugaliyalik futbolchi X ijtimoiy tarmog‘ida.

Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn ovoz berish yakunlariga ko‘ra, reytingda Ronalduning 2008-yilda qo‘lga kiritgan «Oltin to‘p» sovrini birinchi o‘rinni egalladi.

Mazkur nominatsiyada «Oltin to‘p»ni bir necha bor qo‘lga kiritgan futbolchilarning sovrinlari ishtirok etdi. Ular orasida Lionel Messi (8 ta), Krishtianu Ronaldu (5 ta), Yoxan Kroyff (3 ta), Mishel Platini (3 ta), Marko van Basten (3 ta), Alfredo Di Stefano (2 ta), Frans Bekkenbauer (2 ta), Kevin Kigan (2 ta), Karl-Xayns Rummenigge (2 ta) va Ronaldu (2 ta) bor.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida «Oltin to‘p»ni besh marta qo‘lga kiritgan. Uning asosiy raqibi Lionel Messi esa sakkiz karra sovrindor hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu hozirda Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubida to‘p tepmoqda.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

26 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar