Live
1
O'zbek

«PSJ» Dembele, Markinyos va Mendeshning holati haqida ma’lumot berdi

Futbol
29 oktabr, 09:37
Parijliklar uch nafar futbolchi jarohatlardan keyingi tiklanish jarayonini davom ettirayotganini ma’lum qildi.
«PSJ» Dembele, Markinyos va Mendeshning holati haqida ma’lumot berdi
Foto: Getty Images
30.10.2026, 14:00 Liga 1 Fransiya Le Havre Le Havre - : - Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain

«PSJ» klubning rasmiy saytida «Gavr»ga safar oldidan futbolchilarning tibbiy holati haqida ma’lumot e’lon qildi. Xabarda bor-yo‘g‘i bitta jumla keltirilgan.

«Markinyos, Nunu Mendesh va Usmon Dembele tiklanish jarayonini davom ettirmoqda», — deyiladi klub bayonotida.

Bir necha kun avval «PSJ» gruziyalik hujumkor yarimhimoyachi Xvicha Kvaratsxeliya tizzasidan olgan jiddiy jarohati sabab jarrohlik amaliyotini boshdan kechirganini ma’lum qilgandi.

Parijliklar 30-oktyabr, juma kuni Fransiya chempionati doirasida «Gavr» mehmoni bo‘ladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Liga 1 turnir jadvalida «PSJ» 17 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. «Gavr» esa 2 ochko bilan oxirgi pog‘onani egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, «PSJ» safardagi bahsga bir nechta asosiy futbolchilarisiz tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Le Havre Le Havre
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar