Live
1
O'zbek

«Barselona» moliyaviy qiyinchiliklar sabab Ferminni sotib yuborishi mumkin

Futbol
29 oktabr, 02:56
    36
Kataloniyaliklarning hujumkor yarimhimoyachisi Fermin Lopes jamoani tark etishi mumkin.
«Barselona» moliyaviy qiyinchiliklar sabab Ferminni sotib yuborishi mumkin
Foto: Gettyimages

Ispaniyaning «Barselona» klubi yarimhimoyachisi Fermin Lopes faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Briefing xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Barselona» Lopes bilan xayrlashishni istamayapti, ammo moliyaviy muammolar tufayli futbolchisi bo‘yicha yirik takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin. Ta’kidlanishicha, «Barselona» futbolchisi xizmatlariga «Chelsi» va «PSJ» jiddiy ravishda qiziqish bildirmoqda. Parijliklar taxminan 80 million yevrolik taklif tayyorlamoqda, «aristokratlar» ham «ko‘k-anorranglilar»ga jiddiy taklif bilan chiqmoqchiligi aytilmoqda.

Yangi mavsumda 23 yoshli Fermin Lopes barcha musobaqalarni inobatga olganda 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Chelsi Chelsi
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

36 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar