«Bolonya» Italiya A Seriyasi 9-turi doirasida safarda «Milan» bilan bahs olib bordi. Birinchi bo‘limdan so‘ng, 1:2 hisobida ortda qolayotgan Raffaele Palladino shogirdlari yakunda 4:2 hisobida g‘alabani nishonladi. Gollardan 3 tasini hujumchi Samyuel Mbangula o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Ma’lum bo‘lishicha, Mbangula g‘alaba uchun (A Seriyada) 3 ochko berila boshlagandan beri «Milan» bilan safardagi o‘yinda xet-trik qayd etgan ikkinchi futbolchi sifatida tarixga kirdi. Bu borada birinchi argentinalik Gabriel Batistuta bo‘lib, u «Fiorentina» safida-1998-yil 26 sentyabr kuni milanliklar darvozasiga 3 ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, ayni damda «Bolonya» A Seriya onlayn jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi. Italiya chempionatning keyingi turida klub o‘z maydonida «Monsa»ni qabul qiladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi