Genuyaga safar turinliklar uchun omadsiz bo‘ldi. U yerda Daniele de Rossi shogirdlari javobsiz ikkita gol urishdi. Bu Luchano Spaletti jamoasining yangi mavsumdagi uchinchi mag‘lubiyati bo‘ldi.
Natijada, «Yuventus» A Seriyadagi mavsumning dastlabki to‘qqizta o‘yinidan uchtasida mag‘lub bo‘ldi — g‘alaba uchun uch ochko berila boshlagan davrdan (1994/95-yilgi mavsumdan beri), bunaqasi tarixda faqat uchinchi marta sodir bo‘ldi. Ilgari bu turinliklar bilan 2015/16 va 1995/96 yilgi mavsumlarda sodir bo‘lgan. Qizig‘i, birinchi holatda omadsiz startga qaramay, klub yakunda chempionlikni nishonlagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum «Yuventus» uchun omadsiz o‘tdi — klub A Seriya yakuniy jadvalida atigi oltinchi o‘rinni egalladi.