Bugun
24
O'zbek

Spalletti: «Raqibga hech qanday imkoniyat bermadik»

Futbol
26 oktabr, 03:31
Turinliklar ustozi «Lechche»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Spalletti: «Raqibga hech qanday imkoniyat bermadik»
Фото: Getty Images
25.10.2026 FT Italiya A seriyasi Lechche Lechche 0 : 2 Yuventus Yuventus

«Yuventus» bosh murabbiyi Luciano Spalletti Italiya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan «Lechche»ga qarshi uchrashuv (2:0) yakunlari haqida fikr bildirdi.

«Futbolchilar juda yaxshi o‘yin o‘tkazishdi. Ular raqibga o‘yin borishini nazorat qilish imkonini bermaslikka intildi va birinchi bo‘limda bir nechta xavfli vaziyatlar yaratdi.

Biroq ikkinchi bo‘limda o‘yinni boshqarish borasida biroz sustlashdik. Hujumlarni rivojlantirishda kamroq to‘g‘ri qarorlar qabul qildik va dadilroq harakat qilishdan tiyildik. Chunki uchrashuvni allaqachon nazoratimizga oldik, deb o‘yladik.

«Lechche» taktik jihatdan bir nechta o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Bunday vaziyatlarda jasorat bilan harakat qilish kerak, ammo shu bilan birga o‘yindagi tartib-intizomni ham yo‘qotmaslik lozim. Raqibga hech qanday imkoniyat bermadik, lekin g‘alabani mustahkamlashga qaratilgan harakatlarimizda faollik kamaydi. Biroq zamonaviy futbolning o‘zi shunday. Biz birinchi bo‘limda qanday o‘ynagan bo‘lsak, uchrashuv davomida ham shu tarzda harakat qilishimiz kerak», — deya Spallettining so‘zlarini keltirmoqda klub rasmiy sayti.

Bu g‘alabadan so‘ng «Yuventus» 14 ochko bilan turnir jadvalining oltinchi pog‘onasidan joy olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lechche Lechche
  • Yuventus Yuventus
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar