«Manchester Siti»ning qanot himoyachisi Rayan Ait-Nuri qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Jazoirlik 25 yoshli futbolchi bu mavsumda yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Uning atrofidagi vaziyatni Turinning «Yuventus» klubi diqqat bilan kuzatmoqda.
Qayd etilishicha, «zebralar» yanvar oyida futbolchini transfer qilish bo‘yicha «Manchester Siti»ga rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Ait-Nurining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi. Uning «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yoziga qadar tuzilgan.
Ma’lumot uchun, Rayan bu mavsumda klub safida Angliya Premyer-ligasida birorta uchrashuvda maydonga tushgani yo‘q.